Lifestyle

Beyons yana “Grammy” mukofotini qo‘lga kiritdi

U bu safar “Yilning eng yaxshi albomi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Beyons yana “Grammy” mukofotini qo‘lga kiritdi

Beyons birinchi marta 2024 yilgi “Grammy” mukofotida yilning eng yaxshi albomi nominatsiyasida “Cowboy Carter” albomi bilan g‘olib bo‘ldi.

 

Qiziqarlisi, ushbu nominatsiyada uning raqobatchilari Teylor Svift, Billi Eylish va Charli XSX bor edi. Shuningdek, Beyons “Eng yaxshi country-albom” va “Eng yaxshi Country-dueti” nominatsiyalarida ham g‘olib bo‘ldi. Eʼtiborli jihati, uning “II Most Wanted” qo‘shig‘i Milley Cyrus bilan birga ijro etilgan.

 

Eng ko‘p mukofotni Kendrick Lamar qo‘lga kiritdi — uning “Not Like Us" qo‘shig‘i “Yil rekordi” "Yil qo‘shig‘i”, “Eng yaxshi rap ijrosi”, “Eng yaxshi rep qo‘shig‘i” va “Eng yaxshi musiqa videosi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. Shunday qilib, Kendrick Lamar 22 marta “Grammy” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

 

Charli XCX uchta, Sabrina Karpenter esa ikkita mukofot oldi. Chapel Ron esa eng yaxshi yangi sanʼatkor deb eʼtirof etildi.

 

Beyons “Grammy” tarixidagi eng ko‘p mukofot olgan sanʼatkor hisoblanadi. Shu vaqtgacha u 32 ta mukofot olgan, lekin hech qachon “Eng yaxshi albom” nominatsiyasida g‘olib bo‘lmagan edi. Bu yil u 11 nominatsiyasi bilan “Grammy” tarixidagi eng ko‘p nominatsiya qilingan sanʼatkor ham bo‘ldi.

Beyons yana “Grammy” mukofotini qo‘lga kiritdi | Zamon.uz