Salomatlik

Ichak saratonidan himoya qiluvchi 10 ta mahsulot

To‘g‘ri ovqatlanish orqali ichak salomatligini qo‘llab-quvvatlash va saraton xavfini kamaytirish mumkin.

Ichak saratonidan himoya qiluvchi 10 ta mahsulot

Britaniyalik diyetolog Jenna Xoupning taʼkidlashicha, suli yormasi, no‘xat, qora o‘rik va malinadan iborat mahsulotlar ichak saratonining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda tolalar mavjud bo‘lib, ular ichak mikrobiotasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, kunlik tolalar miqdorini yetarlicha isteʼmol qilmaslik yo‘g‘on ichak saratoniga chalinish xavfini oshiradi. Shifokorlar kuniga 30 gramm tola isteʼmol qilishni tavsiya etadilar.

 

Quyidagi mahsulotlar ayniqsa tolaga boy hisoblanadi:

 

Suli yormasi – 50 grammli kichik kosada 4,6 gramm tola mavjud.

No‘xat – uch qoshiq bilan 4,48 gramm tolaga ega.

Qora o‘rik (quritilgan) – 100 grammda 7,9 gramm tola bor.

Malina – 20 dona mevada 5,4 gramm tolaga ega.

 

Shuningdek, qora loviya, popkorn, bodom, chia urug‘lari, avokado va shirin kartoshka ham tolaga boy mahsulotlar qatoriga kiradi. Ayniqsa, shirin kartoshkani po‘stlog‘i bilan isteʼmol qilish tavsiya etiladi, chunki u eng ko‘p o‘simlik tolalarini o‘z ichiga oladi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.