Salomatlik

Inson tanasi har 7 yilda yangilanadimi?

Olimlar bu bo‘yicha yangi tadqiqot o‘tkazishdi.

Inson tanasi har 7 yilda yangilanadimi?

2005 yildan beri ilmiy doiralarda inson tanasining hujayralari har 7 yilda to‘liq yangilanadi, degan fikr keng tarqalgan. Biroq, tadqiqotchilar bu jarayon ancha murakkab ekanligini va har xil hujayralar turlicha yangilanish muddatiga ega ekanligini aniqlashdi.

 

Tanamiz har 7 yilda yangilanadi, degan tushuncha 2005 yilda nashr etilgan ilmiy maqoladan kelib chiqqan. Unda radiokarbonli datalash usuli yordamida hujayralarning o‘rtacha yoshi 7-10 yil ekani taxmin qilingan. Biroq bu faqat o‘rtacha hisob bo‘lib, tanamizdagi barcha hujayralarning individual yangilanish siklini aks ettirmaydi.

 

Inson tanasi turli xil hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri har xil umrga ega:

 

  • Oshqozon shilliq qavati hujayralari – atigi 2-3 kun yashaydi.
  • Ichak epiteliy hujayralari – 4-5 kun ichida yangilanadi.
  • Qon hujayralari (eritrotsitlar) – 120 kun yashaydi.
  • Teri hujayralari – har 2-4 haftada to‘liq yangilanadi.
  • Suyak hujayralari (osteotsitlar) – taxminan 25 yil yashaydi.

 

Yurak mushak hujayralari – juda sekin yangilanadi va yoshligimizdan boshlab asosan o‘sha holatda qoladi.

 

Asab hujayralari (neyronlar) – butun umrlik bo‘lib, ular zararlanganda qayta tiklanmaydi.

 

Har kuni inson tanasi 330 milliardga yaqin hujayra yo‘qotadi, bu esa barcha hujayralarning qariyb 1 foizini tashkil etadi. Asosan qon va shilliq qavat hujayralari yangilanadi, lekin mushak, suyak va asab hujayralari ancha sekin qayta tiklanadi.

 

Ilmiy dalillarga ko‘ra, inson tanasi har 7 yilda butunlay yangilanmaydi. Barcha hujayralar turlicha umr ko‘radi: baʼzilari bir necha kunda, boshqalari esa o‘nlab yillar davomida yangilanadi. Hatto baʼzi hujayralar (masalan, neyronlar) umuman o‘zgarmaydi. Shuning uchun inson tanasi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan tizim bo‘lsada, u maʼlum bir fiksirlangan muddat ichida to‘liq yangilanmaydi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Inson tanasi har 7 yilda yangilanadimi? | Zamon.uz