Lifestyle

Chexiyada qunduzlar to‘g‘on qurib, davlatga yordam berdi

Shu tariqa hukumat 1,2 million dollarni tejashga erishgan.

Chexiyada qunduzlar to‘g‘on qurib, davlatga yordam berdi

Chexiyaning Brdi qo‘riqxonasida qunduzlar tabiiy suv havzalarini tiklashga katta hissa qo‘shdi.

 

Qunduzlar Padrtka ko‘llari atrofida atigi ikki kechada bir nechta to‘g‘on qurib, mahalliy hayvonot dunyosi, jumladan, noyob tosh qisqichbaqalar va amfibiyalar yashash sharoitini yaxshiladi.

 

Bu hududda to‘g‘on qurish loyihasi 2018 yilda tasdiqlangan edi, biroq byurokratik jarayonlar uzoq vaqt davom etdi. Natijada qunduzlar o‘z mehnati bilan hukumat rejalashtirgan ishni bajarib, davlat byudjetiga 1,2 million dollar tejashga yordam berdi.

 

Chexiyada 2013 yildan beri qunduzlarni himoya qilish dasturi amal qiladi. Hozirda mamlakatda taxminan 15 ming qunduz yashaydi, va davlat ularning keltirgan zararlari uchun kompensatsiya ham ajratadi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Chexiyada qunduzlar to‘g‘on qurib, davlatga yordam berdi | Zamon.uz