Lifestyle

Xitoylik bloger 140 ming dollar sarflab “robot”ga aylandi

U shu tariqa internetda ommaning eʼtiboriga tushdi.

Xitoylik bloger 140 ming dollar sarflab “robot”ga aylandi

Xitoylik influenser Dalaotian o‘z qiyofasini robot-gumanoidga o‘xshatish uchun 140 ming dollar sarfladi. 30 yoshli model o‘zining noodatiy ko‘rinishlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarni hayratda qoldirmoqda.

 

Bo‘yi 190 smdan baland bo‘lgan bloger ko‘chada odamlarni lol qoldiradi — ko‘pchilik uning kim yoki nima ekanligini tushunmay qoladi. U tashqariga chiqishdan oldin metall tanaga o‘xshash kumush rangli tana kostyumi, yorqin ko‘k linzalar va kichik parik kiyadi.

 

Bundan tashqari, Dalaotian robotlarning harakatlarini takrorlab, yuz ifodalarini multfilm qahramonlariga o‘xshatadi. Uning so‘nggi videolaridan birida ijtimoiy tarmoq tizimi avtomatik ravishda sunʼiy intellekt aralashuvi haqidagi belgilashni qo‘shdi.

 

Blogerning aytishicha, uning qarindoshlari eng ko‘p beradigan savollar — “Nima ish qilasan?” va “Oyiga qancha topasan?” bo‘ladi.

 

Komila Odilova tayyorladi

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"