O'zbekiston

Samarqandda YPX xodimi mashinada sudrab ketildi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda YPX xodimi mashinada sudrab ketildi

4 fevral kuni soat 19:10 da Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M37 avtomobil yo‘lining 34-kilometrida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xodimi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan Cobalt avtomobilining yoniga kelib, haydovchidan hujjatlarini so‘ragan. 

 

Haydovchi yo‘l patrul xodimiga meʼyoriy hujjatlarni taqdim qilmasdan, qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan. 

 

"Yo‘l patrul xizmati xodimidan qochib, qamoqqacha yetib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Xodimning oila-aʼzolaridan ham kechirim so‘rayman. Barcha haydovchilar Gai to‘xtatganda to‘xtasin, menga o‘xshab bu vaziyatga tushib qolmasin",- deydi haydovchi. 

 

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda YPX xodimi mashinada sudrab ketildi | Zamon.uz