O'zbekiston

O‘zini qayta tiklaydigan asfalt yaratildi

Endi yo‘llar o‘zini-o‘zi qayta taʼmirlaydi.

O‘zini qayta tiklaydigan asfalt yaratildi

Olimlar guruhi bitumdagi yoriqlarni bartaraf etish usulini topib, o‘z-o‘zini tiklaydigan yo‘llarni yaratish yo‘lini ochdi. Dunyo bo‘ylab yo‘l yoriqlari katta muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan, AQSHda yo‘llardagi chuqurliklar tufayli har yili taxminan 3 milliard dollar zarar yetkaziladi. Bunday yo‘l shikastlanishlari nafaqat transport vositalari egalariga qo‘shimcha xarajat yuklaydi, balki atrof-muhitga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Olimlar o‘z kashfiyoti yordamida bu muammoni hal qilishga umid qilmoqda.

 

Tadqiqotchilar yo‘l qoplamasini yoriqlardan keyin tiklanishga majbur qiluvchi usulni ishlab chiqdilar. Gap shundaki, asfalt tarkibidagi bitum vaqt o‘tishi bilan kislorod taʼsirida qotib, mo‘rtlashib boradi. Natijada, u yorilib, yoriqlar tobora kattalashadi va yo‘llarda chuqurliklar paydo bo‘ladi. Hozirgacha bu jarayonni to‘xtatishning samarali usuli mavjud emas edi, chunki bitum tarkibi juda murakkab bo‘lib, uning degradatsiya mexanizmi yetarlicha o‘rganilmagan edi.

 

Ammo olimlar kompyuter modellashtirish orqali bu jarayonni yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ldilar va o‘z-o‘zini taʼmirlovchi yo‘llarni yaratish g‘oyasini ilgari surdilar.

 

Tadqiqotchilarning fikricha, bitumning yemirilishini to‘xtatish uchun asfalt tarkibiga mikroskopik o‘ta bardoshli biologik sporalar joylashtirilishi kerak. Bu sporalar inson sochidan ham ingichka bo‘lib, qayta ishlangan neft mahsulotlariga asoslangan maxsus tiklovchi moddalar bilan to‘ldiriladi.

 

Yo‘l qoplamasi yoriqlana boshlaganda, ushbu moddalar avtomatik ravishda ajralib chiqib, bitumni qayta elastik holatga qaytaradi va yoriqlarni to‘ldiradi. Shu tariqa, asfalt o‘z-o‘zini taʼmirlaydi va yo‘llarning yaroqlilik muddati ancha oshadi.

 

Bu texnologiyaning asosiy afzalliklaridan biri – yo‘l taʼmirlash xarajatlarini kamaytirishdir. Hozirgi kunda butun dunyoda yo‘llarni tiklash uchun milliardlab dollar mablag‘ sarflanadi. Yangi o‘z-o‘zini tiklaydigan asfalt esa ushbu xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

 

Komila Odilova tayyorladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zini qayta tiklaydigan asfalt yaratildi | Zamon.uz