O'zbekiston

Qurʼonning o‘zbek tilidagi to‘rtta tarjimasi topildi

Ulardan biri Temuriylar davriga tegishli.

Qurʼonning o‘zbek tilidagi to‘rtta tarjimasi topildi

Somoniylar davridan boshlab, baʼzi qo‘lyozmalarda satr osti tarjimalari ham yaratilgan. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassislari ana shunday tarjimalarni o‘rganmoqda.

 

Hozirgacha Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davriga oid turkiy tarjimali Qurʼon qo‘lyozmalari aniqlandi. Yaqinda ozarbayjonlik mutaxassislar eski o‘zbek tilida bitilgan yana to‘rtta Qurʼon tarjimasi haqida maʼlumot berdilar.

 

Ulardan biri Muhammad ibn Shayx Yusuf al-Oboriy tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, Temuriylar davriga tegishliligi aniqlangan. Bu qo‘lyozma Erondagi Mashhad shahrida joylashgan Ostonai Qudsi Rizaviy markaziy kutubxonasida saqlanmoqda.

 

XVII asrga oid yana bir Qurʼon qo‘lyozmasi Shayboniylar davriga tegishli deb taxmin qilinmoqda. Bu nodir qo‘lyozma hozirda Iordaniyadagi "Islom bilimlari" jamg‘armasi fondida saqlanmoqda. 

 

Eski o‘zbek tilidagi uchinchi qo‘lyozma esa Safaviylar yoki Shayboniylar davriga oid bo‘lishi mumkin. Ushbu tarjimada turkiy tilning o‘g‘uz lahjasi unsurlari ham uchraydi.

 

To‘rtinchi qo‘lyozma ham xuddi shu shakldagi tarjimani o‘z ichiga olgan bo‘lib, Ali Shayx Fazlulloh tomonidan XVI asrda ko‘chirilgan. U ham Eronda saqlanmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmatiga ko‘ra, tadqiqotchilar ushbu qo‘lyozmalarni keng o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda. 

 

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.