Endi o‘zbek tili o‘qituvchilariga ustama beriladi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘zbek tili (davlat tili) fani bo‘yicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.







