O'zbekiston

Qirg‘iziston yangi davlat madhiyasini tanlamoqda

Bu bo‘yicha respublikada tanlov eʼlon qilingan.

Qirg‘iziston yangi davlat madhiyasini tanlamoqda

Hukumat hozirgi madhiyani eskirgan, ijro etish qiyin va zamonaviy ruhga mos emas deb hisoblamoqda.

 

Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi madhiyaning yangi matni va musiqasi uchun tanlov eʼlon qildi. Yangi madhiyaning mamlakatning tarixiy merosi, madaniy anʼanalari va milliy birdamligini yaxshiroq aks ettirishi maqsad qilingan.

 

Loyihalar tantanavorlik, vatanparvarlik, oson qabul qilinishi va qirg‘iz adabiy tili meʼyorlariga mosligi kabi mezonlar asosida baholanadi.

 

Tanlovni parlament deputatlari, rasmiylar, yozuvchilar, bastakorlar va madaniyat arboblaridan iborat komissiya ko‘rib chiqadi. Agar munosib variantlar topilmasa, tanlov bekor qilinishi mumkin.

 

Madhiyani o‘zgartirish g‘oyasi 2024-yil oktyabr oyida paydo bo‘ldi. O‘shanda parlament spikeri Nurlanbek Turgunbek yangi bayroq qabul qilingani sababli mamlakatga yangi madhiyaga ham ehtiyoj borligini bildirgan edi. Prezident Sadir Japarov tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, buning hech qanday muammosi yo‘qligini taʼkidladi.-

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.