Toshkentda avtobus va “BYD” avariyaga uchradi
“BYD” katta tezlikda avtobusga borib urilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 8 fevral kuni soat tongi 07:15 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi “BYD” hamda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. boshqaruvida bo‘lgan “Yutong” rusumli avtobusi o‘zaro to‘qnashgan.
Hozirda hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







