Lifestyle

Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi

Olimlar bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi

Amerikalik olimlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish insonning yolg‘izlik hissini kamaytirish o‘rniga, aksincha, uni kuchaytirishini aniqlashdi.

 

Beylor universiteti olimlari to‘qqiz yil davomida Niderlandiyadagi 7 mingdan ortiq katta yoshli insonlarning raqamli odatlarini tahlil qilib, ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy farovonlikka taʼsirini o‘rganishdi.

 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish shakli qanday bo‘lishidan qatʼi nazar – faollik bilan postlar joylash yoki shunchaki tarmoqlarni kuzatish – insonning yolg‘izlik hissini kamaytirmaydi, balki uni kuchaytirishi mumkin.

 

Tadqiqotchilar virtual aloqa insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligini taʼkidlashdi. Tadqiqot muallifi, professor Jeyms Robertsning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar insonlarni global hamjamiyat bilan bog‘lagandek tuyulsada, ular real hayotdagi insoniy aloqalarni to‘liq almashtira olmaydi.

 

Shuningdek, olimlar ushbu jarayonning ikki tomonlama ekanini aniqlashdi: yolg‘izlik hissi kuchli bo‘lgan insonlar ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishadi, ammo bu ularning ahvolini yaxshilash o‘rniga yana-da og‘irlashtiradi.

 

Tadqiqotchilar ushbu natijalar ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy tarmoqlardan sog‘lom foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, kelgusida mavzuni yana-da chuqurroq o‘rganish lozimligini qayd etishdi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"