Andijonda “paynetchi” 500 dollarga chuv tushdi
Mijoz unga qalbaki pullar bilan to‘lov qilgan.

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida “Paynet” shoxobchasida qalbaki 500 AQSH dollari va 500 ming so‘mni muomalaga kiritgan shaxs aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro I.X. internet o‘yinlari uchun hisob raqamiga pul o‘tkazish maqsadida “Soy bo‘yi” MFYda faoliyat yurituvchi tadbirkor O.Yo.ga qalbaki valyutalarni berib ketgani maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







