Lifestyle

Angliyada bolalar bog‘chasidan 176 ta bomba topildi

Ular Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli ekani aytilmoqda.

Angliyada bolalar bog‘chasidan 176 ta bomba topildi

Angliyaning Nortumberlend grafligidagi Vuler shahrida joylashgan bolalar bog‘chasining ostidan 176 ta Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba topildi.

 

Bombalar “Scotts Park” hududida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida topilgan. Mahalliy politsiyaning maʼlum qilishicha, dastlab yanvar oyi o‘rtalarida birinchi mina qoldig‘i aniqlangan, biroq ishlar davom ettirilgach, sana va vazni har xil bo‘lgan ko‘plab snaryadlar yuzaga chiqqan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi joyni to‘liq tekshirib, dastlab 65 ta, keyinchalik yana 90 ta bomba topgan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, bu snaryadlar o‘quv bombalari bo‘lib, jangovar maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan. Biroq ular hali ham portlash xavfini saqlab qolgan, chunki ichida portlovchi moddalar bo‘lib, portlash tizimi buzilmagan.

 

Hududda qidiruv ishlari yana bir necha hafta davom etishi va yana ko‘plab snaryadlar topilishi mumkinligi aytilmoqda. Politsiya parkning atigi uchdan biri tozalanganini va yer ostida boshqa bombalar ham bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Angliyada bolalar bog‘chasidan 176 ta bomba topildi | Zamon.uz