Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati o‘zgartirildi
Mahalla yetakchilari endi uzoqroq vakolatga ega.

11 fevral kuni qabul qilingan qonunga muvofiq, fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi.
Shuningdek, bo‘shab qolgan lavozimlarga tayinlanadigan yangi raislar ham 5 yil muddatga saylanishi qonun bilan belgilandi. Ushbu o‘zgartirishlar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritildi.







