Tramp Zelenskiy bilan ham telefon orqali gaplashdi
Ular tinchlikka erishish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

“Uzoq suhbat bo‘ldi. Tinchlikka erishish imkoniyatlari haqida gaplashdik, buning uchun birgalikda ishlashga tayyorligimiz haqida fikr almashdik. Texnologik imkoniyatlarimiz, jumladan, dronlar va boshqa zamonaviy ishlab chiqarish sohalarini ham muhokama qildik. Prezident Trampga biz nimalarni birgalikda amalga oshira olishimizga bo‘lgan qiziqishi uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozdi Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Bundan tashqari, Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan AQSH moliya vaziri Skott Bescent bilan bo‘lib o‘tgan suhbatini ham muhokama qilgan. Qayd etilishicha, tomonlar xavfsizlik, iqtisodiy va resurslar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga erishgan. Bu kelishuv doirasida Ukraina AQSHga nodir metallar yetkazib berishi, evaziga esa Qo‘shma Shtatlardan harbiy yordam olishi ko‘zda tutilgan.
“Ukraina hammadan ko‘ra ko‘proq tinchlikni xohlaydi. Rossiya tajovuzini to‘xtatish, ishonchli va uzoq muddatli tinchlikni taʼminlash bo‘yicha AQSH bilan umumiy harakatlarimizni belgilab olyapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.







