Salomatlik

Epilepsiyani sunʼiy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi

Tekshiruv 108 nafar kishida sinovdan o‘tkazildi.

Epilepsiyani sunʼiy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortyapti.

 

Bu patologiya – bosh miyaning surunkali xastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi.

 

Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon bo‘lmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlar kelib chiqishi mumkin.

 

Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qo‘yishning asosiy usullaridan biri. Bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor ko‘ziga yorqin nur chaqnashlari yo‘naltiriladi.

 

Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qo‘l keladi. Xastalikning yorug‘likka sezuvchanligi bo‘lmagan turiga tashxis qo‘yishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi.

 

Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi. Bu jarayonda sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.

 

Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan o‘tkazdi. Ularning yarmi fotosensitiv bo‘lmagan epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar, qolgan qismi esa sog‘lom insonlar edi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv bo‘lmagan turiga 71 foiz aniqlikda tashxis qo‘yish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Epilepsiyani sunʼiy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi | Zamon.uz