Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi
Bunga o‘quvchining darsga kirmay yurgani sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi sinfxonada o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Aniqlanishicha, ushbu holat Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 11-sonli maktabda sodir bo‘lgan.
"Sinfimdagi o‘quvchim maktabga kelardi, lekin darsga kirmay qochib yuradigan odat chiqardi. Keyinchalik boshqa fan o‘qituvchilari ham uni darsga kirmayotganidan doimiy shikoyat bildirishdi. Hattoki nazorat ishiga kirgizsam ham kirmasdan, ko‘chada yuribdi ekan. Bizni oramizda hech qanday adovat yo‘q",- deydi o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi.
Maktab direktori esa bu holatni pedagogik etiketga to‘g‘ri kelmasligini aytib, bu holat muhokama qilinganligi, hayfsan darajasigacha olib borilganligini maʼlum qilgan.







