Farg‘onada yo‘l o‘pirilib tushdi
Bunga Farg‘ona kanalida suv sathi ortgani sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyatida yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushgani haqida video xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 fevral kunidan 24 fevral kuniga o‘tar kechasi “Farg‘ona Xalqasi” avtomobil yo‘lining Bog‘dod tumani “Qaxat” MFY hududidan o‘tgan 286-ilometrida yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘payib, yo‘lning tag qismidan sizib o‘tishi natijasida asfalt yo‘l qoplamasida cho‘kish yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda mazkur avtomobilil yo‘lining Qo‘qon-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha 285-kilometr va Farg‘ona-Qo‘qon yo‘nalishining 288-kilometrlarida vaqtinchalik harakat cheklanib, yo‘l cho‘kkan qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.







