Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in chiqdi
Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Kecha, 26 fevral kuni 20:10 da Andijon shahar Nayman ko‘chasida joylashgan Tadbirkorlik subyektiga tegishli savdo do‘konida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 20:12 da hududga yaqin masofada bo‘lgan bo‘lgan bo‘linmalar aytilgan manzilga yetib borgan va soat 20:35 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo do‘konining 80 metr kvadrat maydonda shift tom qismi va savdo do‘koni ichidagi buyumlari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







