Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Bugun, 27-fevral kuni, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasida 50-sonli shahar avtobusi daraxtga borib urildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib borgan.
Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan, uning sog‘lig‘i holati hozirda aniqlanmoqda.
Vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv boshlab yuborilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi kutilmoqda.







