Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolalar kaltaklandi
Hozirda 3 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 12 fevral kuni 7 nafar ota-ona xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanayotgan farzandlariga nisbatan tarbiyachilar qo‘pol munosabatda bo‘layotganligini bildirib, qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan 3 nafar tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.







