O'zbekiston

Qozog‘istonda 2 yoshli bola 105 ta magnit yutib yubordi

Hozirda bolaning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

Qozog‘istonda 2 yoshli bola 105 ta magnit yutib yubordi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida shifokorlar 2 yoshli bolaning oshqozonidan 105 ta magnit sharchasini olib tashlashdi.   

 

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 20 fevral kuni Olmaota shahridagi Bolalar shoshilinch tibbiy yordam markaziga 2 yoshli bola yot jism yutib yuborish ehtimoli bilan olib kelingan.  

 

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, bola taxminan bir hafta oldin mehmondorchilikda bo‘lib, metall magnitlarni yutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Ularning aniq soni nomaʼlum bo‘lgan.  

 

Shifokorlar rentgen tekshiruvida bolaning qorin sohasida 6,2 × 2,2 sm o‘lchamdagi zich metall jismi borligini aniqlashdi. Bemor shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar avval magnitlarni endoskopik yo‘l bilan olib tashlashga harakat qilishdi, ammo ularning bir-biriga zich yopishib qolganligi sababli buni amalga oshirib bo‘lmadi.  

 

Shifokorlar jarrohlik amaliyoti – laparotomiya va gastrotomiya o‘tkazishga qaror qilishdi. Operatsiya davomida bolaning oshqozonidan 105 ta magnit sharchasi chiqarib olindi.  

 

Operatsiyadan so‘ng bola reanimatsiya bo‘limiga, keyinchalik esa jarrohlik bo‘limiga o‘tkazildi. Shifokorlarning aytishicha, hozirda bolaning ahvoli qoniqarli.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.