O'zbekiston

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanaliga o‘zini tashlagan qiz profilaktika inspektorlari va voqea guvohi bo‘lgan fuqaro yordamida qutqarib qolindi. U shifoxonaga yetkazilgan, hozirda ahvoli barqaror.

 

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, voqea Bo‘zsuv kanalining aholi sayr qilishi uchun mo‘ljallanmagan yopiq qismida sodir bo‘lgan. Shu hududda bo‘lgan fuqaro qizning suvga sakraganini ko‘rib, zudlik bilan “102” xizmatiga murojaat qilgan.

 

Xabar kelib tushgach, Yakkasaroy tumani Tepa mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib borgan. Qidiruv davomida qiz kuchli suv oqimi va aylanma harakatlar sabab kanalning chekka qismiga oqib borib qolganini aniqlashgan.

 

Shundan so‘ng profilaktika inspektori Ortiq Omonov suvga tushib, qizni qutqarishga kirishgan. Ikkinchi xodim Qudrat Rasulov esa uni suvdan chiqarib olishga yordam bergan.

 

Qutqarilgan qizga voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgan. U ko‘p miqdorda suv yutib yuborgani sababli qayt qilgan. Keyinchalik 5-sonli shahar shifoxonasiga olib borilgan.

 

Tibbiy yordamdan so‘ng qizning shaxsi aniqlanib, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi ota-onasi bilan bog‘lanilgan. Qiz shifoxonadan keyin ota-onasiga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekani ma’lum qilindi.

 

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.