O'zbekiston

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda 20 ta avtobus yo‘nalishida kechki qatnovlarni soat 23:00 gacha uzaytirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, mas’ul idoralarga 2026-yil 1-dekabrga qadar ushbu qatnovlarni tashkil etish topshirilgan.

 

Qarorda qayd etilishicha, soat 21:00 dan keyin jamoat transporti qatnovining keskin kamayishi yoki to‘xtashi, ayniqsa, kechki smenada ishlovchilar, talabalar va shahar mehmonlari uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.

 

Yangi tartib doirasida temiryo‘l va avtovokzallar, xalqaro aeroport, metro bekatlari hamda aholi gavjum hududlarni bog‘lovchi 20 ta yo‘nalishda soat 21:00 dan 23:00 gacha qatnovlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ularning 15 tasi magistral, 5 tasi bog‘lovchi yo‘nalish hisoblanadi.

 

Kechki qatnov yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan avtobus yo‘nalishlari:

 

  • 1 — Qoraqamish-2/4 mavzesi — «Mustaqillik maydoni» metro bekati;
  • 14 — TTZ avtostansiyasi — Shimoliy vokzal;
  • 18 — O‘rikzor bozori — «Chorsu» savdo markazi;
  • 21 — Qoraqamish-2/4 mavzesi — «Chilonzor» metro bekati;
  • 24 — Yangi Choshtepa mavzesi — Toshkent vokzali;
  • 28 — Ibn Sino-2 mavzesi — «Chorsu» bozori;
  • 38 — O‘rikzor bozori — Do‘stlik-2 mavzesi;
  • 44 — Yashnobod dehqon bozori — Yunusobodning 19-mavzesi;
  • 46 — «Beruniy» metro bekati — Binokor qo‘rg‘oni;
  • 51 — Yunusobodning 6-mavzesi — «Chorsu» savdo markazi;
  • 58 — Do‘stlik-2 mavzesi — Toshkent vokzali;
  • 67 — Xalqaro aeroport — Yunusobodning 19-mavzesi;
  • 72 — Jumabozor — «Amir Temur xiyoboni» metro bekati;
  • 85 — Qoraqamish-2/4 mavzesi — Toshkent vokzali;
  • 93 — Qo‘yliq-1 mavzesi — Yunusobodning 13-mavzesi;
  • 98 — Chilonzor buyum bozori — «Elektrokabel» zavodi;
  • 115 — Do‘stlik-2 mavzesi — «Beruniy» metro bekati;
  • 118 — O‘rikzor bozori — Toshkent vokzali;
  • 131 — Do‘stlik-2 mavzesi — Qoraqamish-2/4 mavzesi;
  • 147 — Chinni bozori — «Chorsu» savdo markazi.

 

Kechki qatnovlarda avtobuslarning harakatlanish intervali 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan. Qatnov jadvallari barcha bekatlarda hamda raqamli ilovalarda e’lon qilinadi. Ularning bajarilishi markazlashgan dispetcherlik xizmati tomonidan nazorat qilinadi.

 

Shuningdek, 20-noyabrga qadar 3TM, ATTO va Yandex ilovalariga uzatiladigan GPS ma’lumotlaridagi vaqt tafovutlari va tizimdagi texnik kamchiliklarni bartaraf etish topshirilgan. Avtobuslardagi naqd pulsiz to‘lov validatorlari va bank tarmoqlari aloqasining barqaror ishlashi ham ta’minlanishi kerak.

 

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.