Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
U Prezidentga maslahatchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avvalroq Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Tashpo‘latov vazir etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
IIV matbuot xizmati rahbari Shoxrux G‘iyosov Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlanganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.







