Namanganda maxsus eksport zonasi tashkil etiladi
Maxsus iqtisodiy zonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Namangan viloyatida yangi "Namangan" maxsus eksport zonasi tashkil etiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi. Shuningdek, xususiy sektorga topshirilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati ham ushbu vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Maxsus sanoat zonalari esa mahalliy ijro hokimiyati tomonidan boshqariladi va ularning faoliyati Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
2025-yil 1-iyundan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun kerakli bo‘lgan import xomashyo, materiallar hamda butlovchi qismlarni bojxona to‘lovlarisiz rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun ular “Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash” rejimi orqali olib kiriladi.2028-yil 1-yanvarga qadar maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer solig‘idan hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida ijara to‘lovini amalga oshiradi.
Mazkur yangilik Namangan va boshqa hududlarda ishlab chiqarish hamda eksport hajmini oshirish imkonini beradi.







