Samarqanddagi bog‘chada bolalar kaltaklandi
Hozirda tarbiyachiga nisbatan jarima tayinlangan.

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 25-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltaklagani aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachi, dastlab, bolalarga baqirgani, so‘ngra ulardan bir nechtasining boshiga urgani va siltaganini ko‘rish mumkin.
Holat 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. Tarbiyalanuvchiga qo‘l ko‘targan tarbiyachi G. A.ning ishi jinoyat ishlar bo‘yicha Jomboy tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Tarbiyachiga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1mln 100 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.







