O'zbekiston

Shavkat Mirziyeyov BAA rahbari bilan telefonlashdi

Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Shavkat Mirziyeyov BAA rahbari bilan telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

 

Mamlakatimiz yetakchisi BAA Prezidentiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutladilar.

 

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, ularni strategik sheriklik darajasiga ko‘targani alohida taʼkidlandi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun alohida "yo‘l xaritasi" qabul qilindi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda.

 

Bugungi kunda 20 milliard dollarlik loyihalar portfeli doirasida Amirliklarning yetakchi kompaniyalari bilan “yashil” energetika, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi muhim yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilinmoqda.

 

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyeyov BAA rahbari bilan telefonlashdi | Zamon.uz