Toshkentda BYD va mototsikl to‘qnashdi
Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

10 mart kuni soat 16:10 larda Shayxontohur tumani Beruniy-Paxta ko‘chalari chorrahasida BYD avtomashinasi va KAWASAKI mototsikli ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisadan so‘ng mototsikl haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







