Tramp TikTokʼni kimga sotmoqchi?
Hozirda unga 4 ta potensial xaridor bor.

Sobiq AQSH Prezidenti Donald Tramp TikTokʼning kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi va uni sotib olishga qiziqayotgan to‘rtta potensial xaridor borligini maʼlum qildi. Tramp buni ijobiy holat deb baholab, ushbu muzokaralar TikTokʼning AQSHdagi taqdiri uchun muhimligini taʼkidladi.
Potensial xaridorlar orasida Microsoft, Orasle (kompaniya asoschisi Larri Ellison), Ilon Mask, Meta va Google bor.
Bundan tashqari, venchur kapital fondlari, jumladan BlackRock Coatue va General Atlantic, shuningdek, taniqli internet yulduzi MrBeast (Jimmi Donaldson) ham TikTokʼni sotib olishga qiziqish bildirgan. Hatto “Peopleʼs Bid for TikTok” deb nomlangan loyiha doirasida Frank McCourt va Kevin O‘Leary TikTok uchun 20 milliard dollarlik taklif kiritgan.
Shu bilan birga, AQSH hukumati TikTokʼning milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini taʼkidlab, uning xitoylik ByteDanse kompaniyasiga tegishli ekanligidan xavotirda. Tramp hukumatining 75 kunlik kechiktirish qarori muzokaralar uchun qo‘shimcha vaqt yaratmoqda.







