O'zbekiston

Farg‘ona aeroportida samolyotning g‘ildiragi chiqib ketdi

Shundan so‘ng yo‘lovchilar bortdan tushirilgan.

Farg‘ona aeroportida samolyotning g‘ildiragi chiqib ketdi

Kecha, 12 mart kuni Farg‘ona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida Boeing 737-800 (ra-73669) samolyoti qolib ketdi. Ushbu havo kemasi Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan kelgan bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, qo‘nishdan so‘ng yurish davomida samolyotning chap asosiy shassi tashqi g‘ildiragi bloklanib, chiqib ketgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagidan burilib chiqish chog‘ida havo kemasi komandiri samolyotning chap tomonga tortayotganini sezib, harakatni to‘xtatgan va muhandis-texnik xizmat xodimlarini chaqirgan. Samolyot tekshirilganida g‘ildirakni mahkamlovchi bir nechta boltlarning yo‘qligi aniqlangan.

 

Ko‘p o‘tmay, yo‘lovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida tushirilgan va ular bagajlari bilan terminalga yetkazilgan. Boeing 738 esa ekspluatatsiyadan vaqtincha chetlatilgan bo‘lib, bir necha soat o‘tgach, perronga evakuatsiya qilingan.

 

Farg‘ona aerodromi esa yagona uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘silib qolgani sababli vaqtincha parvozlar uchun yopilgan. Shu sababli Utair aviakompaniyasining V738 reysi – Vnukovodan Farg‘onaga yo‘l olgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

 

Novosibirskdan O‘zbekistonga qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti yuborilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘ona aeroportida samolyotning g‘ildiragi chiqib ketdi | Zamon.uz