Siyosat

Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi yakunlandi

Muzokaralar davomida 6,5 milliard yevrolik bitimlar imzolandi.

Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

 

Davlatimiz rahbari Parij shahrida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

 

Sammit yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

 

Prezidentimiz Fransiyaning yetakchi kompaniya, bank va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbatida ishtirok etdi. Umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik dasturi qabul qilindi.

 

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.

 

Tashrif doirasida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive va Parij shahri meri Ann Idalgo bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Parij shahri ko‘chalaridan biriga Samarqand nomini berishga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.

 

YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan muzokaralarda hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari hamda tashkilot Bosh konferensiyasining Samarqand shahridagi 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

 

Tashrif tadbirlari yakunlangach, “Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya sport va yoshlar vaziri Mari Barsak va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

 

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi yakunlandi | Zamon.uz