Ko‘p go‘sht iste’mol qilish yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin
Haftasiga uch porsiyadan ortiq go‘sht yurakka zarar keltirishi mumkin.

Haddan tashqari ko‘p go‘sht iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Rossiya dietologi, Samara Dietologiya va Dietoterapiya Ilmiy-Tadqiqot Institutining direktori Mixail Ginzburg haftasiga uch porsiyadan ortiq go‘sht iste’mol qilish yurak sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin, deya ogohlantirdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa yog‘li qizil go‘sht tarkibidagi ko‘p miqdordagi to‘yingan yog‘lar qondagi xolesterin darajasini oshiradi. Bu esa qon tomirlarining ichki devorlarida aterosklerotik blyashkalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi va natijada yurak ishemik kasalligi, infarkt va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlantirishi mumkin.
Qaysi mahsulotlarga ehtiyot bo‘lish kerak?
- Qizil go‘shtning yog‘li turlari
- Pererabotlangan go‘sht mahsulotlari: kolbasa, sosiskalar va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
- Shirinliklar va yuqori glyukozali mahsulotlar: shakar, asal, quruq mevalar (xususan, xurmo)
- Transyog‘ va zararli yog‘lar tarkibli mahsulotlar: chipslar, margarin, pishiriqlar va qandolat mahsulotlari
- Tuz va alkogol – ularni ham cheklash tavsiya etiladi
Ginzburgning ta’kidlashicha, yurak-qon tomir tizimini sog‘lom saqlash uchun ratsionni muvozanatlashtirish muhim. Go‘shtni butunlay tark etish shart emas, biroq uni me’yorida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ratsionga sabzavotlar, baliq, o‘simlik yog‘lari va don mahsulotlarini kiritish yurak sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi.







