Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat Dumasi raisini qabul qildi

Uchrashuvda savdo, investitsiya va migratsiya bo‘yicha qo‘shma dasturlar ko'rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat Dumasi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘tgan yil may oyida Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Mamlakatimiz yetakchisi Parlamentlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni O‘zbekistonda, ikki mamlakat hududlarini keng jalb etgan holda o‘tkazish muhimligini taʼkidladi.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini, mehnat migratsiyasi va madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi qo‘shma dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirishda parlamentlar faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"