Lifestyle

BMW kompaniyasining yillik daromadi 37 foizga kamaydi

Kompaniyaning ko‘rsatkichlari ketma-ket ikkichi yil pasaygan.

BMW kompaniyasining yillik daromadi 37 foizga kamaydi

Nemis avtomobil brendi BMW 2024 yilda 7,68 milliard yevro sof foyda ko‘rdi, bu esa 2023 yilga nisbatan 37 foizga kamdir. Kompaniyaning umumiy daromadi ham 8,4 foizga qisqarib, 142 milliard yevroni tashkil etdi. Bu ketma-ket ikkinchi yil davomida BMW moliyaviy ko‘rsatkichlarining pasayganini anglatadi.

 

Ushbu pasayishga bir nechta muhim omillar sabab bo‘ldi. Xitoy bozorida avtomobil xaridlariga bo‘lgan talabning kamayishi va yetkazib beruvchi Sontinental kompaniyasining nosoz tormoz tizimlari bilan bog‘liq muammolar BMW natijalariga salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Buning natijasida kompaniya ayrim modellarning sotuvini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘tgan yili jami 2,45 million avtomobil sotilgan bo‘lib, bu oldingi yilgi 2,55 millionga nisbatan kamroq.

 

Kompaniyaning Rolls-Royse avtomobillari sotuvi 5,3 foizga qisqarib, 5,7 ming donani tashkil etdi, MINI sotuvi esa 17,1 foizga pasaydi. Biroq BMW elektromobillarining sotuvi 13,5 foizga o‘sib, kompaniyaning kelajakdagi strategik yo‘nalishiga ishonchni oshirdi. BMW 2025 yilda ham global iqtisodiy beqarorlik, geosiyosiy noaniqlik va qiyin bozor sharoitlari biznes natijalariga taʼsirida zarar ko‘risi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"