Qurʼon o‘qimasdan xotirjam yashash mumkinmi?!

Ayni damda yechimi qiyin bo‘lib turgan global ruhiy muammoning oddiy davosi – Qurʼon o‘qish.

Qurʼon o‘qimasdan xotirjam yashash mumkinmi?!

Banda olamdan o‘tsa, uni yuvib kafanlash, janoza o‘qib dafn etish ortda qolgan musulmonlar zimmasiga tushadi. Odamlar mayyit hurmatini joyiga qo‘yib, janoza o‘qib dafn etishlari, Qurʼon tilovat qilib savobini bag‘ishlashlari mumkin. Biroq ular marhum zimmasidagi farz ibodatlarni to‘kis bajarolmaydilar. Hamma gap shunda. 


Boshqa tarafdan olib qaraganda, ko‘pchilik Qurʼon o‘qimay yurgani uchun ham ruhiy tushkunlikka, depressiyaga tushib qolyapti. Har qadamda stress (ruhiy zo‘riqish, asabbuzarlik) kuzatiladi. Baʼzi odamlar asabi chatoq, sal narsaga lovullab yonib ketadi, sirkasi suv ko‘tarmaydi. Buning sababini surishtirsangiz, Qurʼon o‘qimasligi, Islomdan bexabarligidan ekani bilinib qoladi. Hatto Qurʼon tarjimasini olib o‘qishga ham qunt qilmaydi. Allohning Kalomini o‘qimasdan qanday qilib xotirjam yashash mumkin?! 



Xullas, ayni damda yechimi qiyin bo‘lib turgan global ruhiy muammoning oddiy davosi – Qurʼon o‘qish, oxiratni eslash. 


Unutmaylik: Qalb zangini, ko‘z shirasini zeb-ziynatlar, boylik, obro‘-eʼtibor bilan ketkazib bo‘lmaydi. Qalbi zilol suvdek musaffo, ikki dunyosi obod bo‘lishini istagan inson oxiratni unutmaydi, Allohning Kalomini qunt bilan o‘qib-o‘rganadi. 


Hozirgi paytda har xil kasalliklar ko‘paygan, avvallari maʼlum bo‘lmagan illatlar paydo bo‘lgan. Odamlar ulardan qutulish uchun pullarini, oltindan qimmat vaqtlarini sarflayaptilar. Shunga qaramay, shifoxonalar kasallar bilan to‘la, bemorlar safi kamayishidan darak yo‘q. Buning boisi nimada? 



Sababi, ko‘p odamlar mukammal shifo nimadaligiga ahamiyat bermaydilar. Tibbiyot xodimlari bor eʼtiborlarini moddiy muolajalarga qaratib, ruhiy jihatlarga unchalik parvo qilishmaydi. Shuning uchun bemorlar darddan to‘liq sog‘ayib ketishlari qiyin kechadi. 


Tanadagi darddan butunlay xalos bo‘lishda Qurʼonning ahamiyati beqiyos. Zero, Qurʼon tushkunlik, parishonxotirlik, g‘am-anduh, sehr, ko‘z tegishi kabi illatlarga tengi yo‘q shifodir. Zamonaviy tibbiyot bunday kasalliklarni tag tomiri bilan davolashga ko‘p hollarda ojizlik qiladi. 

Ulamolar aytishicha, tabobat ikkiga bo‘linadi: badan tabobati, qalb tabobati. Badan tabobatida inson tanasining holati, kasallikni davolash yo‘l-yo‘riqlari o‘rganiladi. Qalb tabobatida esa inson qalbini kasal qiluvchi illatlar, ularning davosi o‘rganiladi. 


Dinimiz, islomda har ikki jihatga eʼtibor beriladi. Ayniqsa, qalb tabobatiga – ruhiy tarbiyaga alohida ahamiyat qaratiladi. 
Qurʼon har qanday kasallikni tuzatadi, ruhiy yoki tanadagi kasallikmi, sehrmi, jin tegishimi, teri kasalliklarimi, barchasiga shifo bo‘ladi. Buning uchun bemorning eʼtiqodi to‘g‘ri bo‘lsa, kifoya. Zotan, sog‘lom aqida shifoning yarmidir.

 

Manba: Muslim.uz sayti

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.