Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi aʼzolarini qabul qildi

Tomonlar iqtisodiy, sarmoyaviy va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi aʼzolarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi aʼzosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida parlament aʼzosi davlatimiz rahbariga AQSH Prezidenti, Kongress rahbariyati va O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzolarining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ortdi, biznes kooperatsiyasi kuchaymoqda.

 

Toshkent shahrida Vebster universiteti va Amerika texnologiya universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Bundan tashqari, transport, bojxona, migratsiya, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilmoqda.

 

Kerol Miller Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, demokratik institutlarni, eng avvalo, parlamentni mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi ishlar natijalarini yuksak baholadi.

 

Iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan tog‘-kon, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekiston hududlarining Amerika shtatlari bilan sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

 

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar va Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi aʼzolarini qabul qildi | Zamon.uz