Salomatlik

Ertalab nonushta qilmaslikning zararlari aniqlandi

Bu odat yurak kasalliklari va ortiqcha vazn xavfini oshiradi.

Ertalab nonushta qilmaslikning zararlari aniqlandi

 

Mutaxassislar ertalab nonushta qilmaslik metabolik sindrom, 2-toifa qandli diabet va arterial gipertoniya kabi kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Metabolik sindrom tana vaznining ortishi, yuqori xolesterin, qon bosimi oshishi va insulinga sezgirlikning pasayishi bilan kechadi. Ushbu holat umr davomiyligining qisqarishiga hamda sog‘liq sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Ispaniyada o‘tkazilgan uch yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, to‘yimli nonushta qilgan kishilar nonushta o‘tkazib yuborganlarga qaraganda kamroq tana yog‘iga ega bo‘lishgan. Kamida 400 kaloriya iste’mol qilgan odamlarning tana massasi indeksi pastroq bo‘lib, bel sohasida ortiqcha yog‘ kamroq to‘plangan.

 

Nyu-York universiteti olimlari esa 40 yoshdan oshgan 34 ming kishini uzoq yillar kuzatib, erta nonushta qilganlarda yurak kasalliklari va saraton xavfi 6 foizga kamroq ekanligini aniqlagan.

 

Nonushtaning muhim foydalari:

Metabolizmni tezlashtiradi – tanadagi moddalar almashinuvini faollashtirib, ortiqcha vazn ortishining oldini oladi.

 

Qandli diabet va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi – qondagi shakar va xolesterin darajasini muvozanatlashga yordam beradi.

 

Energiya va diqqatni oshiradi – to‘g‘ri taqsimlangan ertalabki ovqat energiya beradi va kun davomida tetik bo‘lishni ta’minlaydi.

 

Olimlarning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash va metabolik sindromning oldini olish uchun nonushta qilish odatini 40-50 yoshdan avval shakllantirish maqsadga muvofiq.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.