Toshkentda 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Kecha, 18 mart kuni Toshkent shahrida 14 yoshli qiz 9-qavatdan o‘zini tashladi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida yashab kelgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz Yashnobod tumani S.Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.







