O'zbekiston

Prezident Rohat mahallasidagi sumalak saylida qatnashdi

Davlat rahbari, shuningdek, mahalla faollari bilan suhbatlashgan.

Prezident Rohat mahallasidagi sumalak saylida qatnashdi

Yurtimizning barcha joylarida Navro‘z ayyomi ko‘tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.

 

Xizmat ko‘rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni taʼminlash bo‘yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.  O‘tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 13 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Ikkita ishlab chiqarish korxonasi, o‘nlab savdo va maishiy xizmat shoxobchalari odamlarga qulaylik yaratmoqda.

 

Prezidentimiz ushbu korxonalarni ko‘zdan kechirdi. 

 

Mahallada ko‘chalar obod, xonadonlar saranjom-sarishta. Taʼlim va tibbiyot muassasalari, sport maydonchalari, o‘quv markazi, amfiteatr, hunarmandlar va axborot-kutubxona markazlari faoliyat yuritmoqda. Hozir, ayniqsa, nuroniylar maskani gavjum.

 

Davlatimiz rahbari ushbu maskanda tashkil etilgan sumalak saylida qatnashdi, mahalla faollari, nuroniylar bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda joriy yilgi rejalar, jumladan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish haqida so‘z yuritildi.

 

– Mahallangizdagi obodlikni, odamlarning kayfiyatini ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Vaqti bilan barcha tumanlardagi imkoniyatlarni oshiramiz. Buning uchun eng asosiysi – tinchlik-ahillik kerak. Ilgari chegaralarimizda vaziyat qanday edi? Vazminlik bilan, siyosiy iroda bilan hamma masalalarga yechim topayapmiz. Barcha ishlarni quyi tizimda tashkil qilganimiz uchun 10 mingga yaqin mahallaning holati yaqqol namoyon. “Mahalla yettiligi” orqali xonadonga yetib borilayapti. Odamlarning daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar siyosatida hali ishlarimiz ko‘p. Shuning uchun taʼlimga, o‘g‘il-qizlarni o‘qitishga katta eʼtibor berishimiz kerak. Yoshlari bilimli va maʼnaviyatli  jamiyat, albatta, farovonlikka erishadi,  – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Rohat mahallasida umumtaʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, “Barkamol avlod” markazi, akademik litsey faoliyat yuritmoqda. Yaqinda yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurib bitkazildi. Bular ham yoshlar maʼrifatini oshirishga xizmat qiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Rohat mahallasidagi sumalak saylida qatnashdi | Zamon.uz