Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi

Qayd etilishicha, 20 mart kuni soat 22:04 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 8-qavatdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 22:16 da yetib borib, yong‘in soat soat 22:24 o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.







