Siyosat

Xitoy Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z tabrigi yo‘lladi

Xitoy yetakchisi O‘zbekiston bilan do‘stlikni eʼtirof etib, tinchlik va farovonlik tiladi.

Xitoy Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z tabrigi yo‘lladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

 

O‘zbek xalqining anʼanaviy Navro‘z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.

 

Ming yillik tarixga ega Navro‘z bahor kelishi va tabiat uyg‘onishini ifodalab, o‘zbek xalqining baxtli hayotga, el-yurt birligiga va ravnaqiga intilishini aks ettiradi.

 

O‘tgan yil iyul oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasidagi samimiy va do‘stona uchrashuvimizda Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari va turli sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik, ikki tomonlama aloqalarning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldik.

 

Erishilgan kelishuvlarimiz samarali amalga oshirilayotgani, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil mustahkamlanib, eʼtiborga loyiq natijalar berayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlayman.

 

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman va yaqin do‘stligimizni yuksak qadrlayman.

 

Siz bilan birgalikda barcha sohalardagi hamkorlikni ilgari surish, Xitoy va O‘zbekistonning yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish ishlarini boyitish uchun harakat qilishga tayyorman.

 

Fursatdan foydalanib, Sizga, Janobi Oliylari, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilayman.

 

Hurmat bilan,

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Xitoy Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z tabrigi yo‘lladi | Zamon.uz