Lifestyle

Germaniyada dunyodagi eng kichik dam olish uyi ochildi

Uning maydoni bor yo'g'i 11 kvadrat metr.

Germaniyada dunyodagi eng kichik dam olish uyi ochildi

Rieps qishlog‘i dunyodagi eng kichik sayyohlik turar joyini ochdi. Maydoni atigi 11 kvadrat metr bo‘lgan ushbu mini-uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, oshxona, yotoqxona, mehmon xona va hatto kichik qishki bog‘ni o‘z ichiga oladi.

 

Uyning egalari, turmush o‘rtoqlar Marita Xannemann-Mus va Andreas Moos, transformator podstansiyasining eski g‘ishtli binosini atigi 1,19 yevroga sotib olib, uni ta’mirlashga 140 ming yevro sarmoya kiritdilar.

 

Ta’mirlash jarayoni to‘rt yil davom etdi va bu vaqt ichida pandemiya va byurokratik to‘siqlar sabab qiyinchiliklarga duch kelindi. Endi uyni bir kechaga 110 yevroga ijaraga olish mumkin. Kichik hajmiga qaramay, uydagi qulaylik egalarning fikricha mehmonxona darajasidan kam emas.

 

Er-xotin ushbu noodatiy loyihasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishiga umid qilmoqda.

Germaniyada dunyodagi eng kichik dam olish uyi ochildi | Zamon.uz