Prezident bugun Samarqandga tashrif buyuradi
Davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi.

Bugun, 22 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, prezident Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.







