25 mart uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi
Bugun ham respublika bo’ylab yomg’ir yog’adi.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.







