Qibrayda 3 ta mashina avariyaga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri jarohatlangan.

Kecha, 24-mart kuni soat 16:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat YHXB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Onix, Spark va yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Hodisa oqibatida Onix haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda Qibray tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







