Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
Muzokaralarda Ukraina masalasi ham muhokama qilingan.

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tdi. Kreml vakili Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, muzokaralar texnik xususiyatga ega bo‘lgani uchun ularning natijalari ochiqlanmaydi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov muzokaralarni muvaffaqiyatli deb baholagan va tomonlar bir-birlarining manfaatlarini hisobga olishga kelishganini maʼlum qilgan.
Muzokaralarda Ukraina masalasi ham muhokama qilingan. Shuningdek, Moskva va Vashington elchixonalar faoliyatini yaxshilash va diplomatik munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ammo Rossiya va AQSH pozitsiyalari yaqinlashgani haqida gapirishga hali erta ekanligi taʼkidlangan.







