Yangi Zelandiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Yer silkinishini 4700 dan ortiq odam his qilgan.

Yangi Zelandiyaning janubiy oroli yaqinida 6,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila 25 mart, Snares orollaridan 160 km shimoli-g‘arbda qayd etilgan va 33 km chuqurlikda mahalliy vaqt bilan 14:43 da ro‘y bergan. Ushbu kuchli yer silkinishini 4700 dan ortiq odam his qilgan.
Milliy favqulodda vaziyatlar agentligi Sautlend va Fiordlend mintaqalaridagi aholiga plyajlar va dengiz hududlaridan uzoqroq turishni tavsiya qildi, chunki kuchli va g‘ayrioddiy oqimlar xavf tug‘dirishi mumkin. Tahdid janubiy orolning g‘arbiy qirg‘og‘ini Milford Sounddan Puysegur nuqtasigacha qamrab olgan.
Yangi Zelandiya OAVlari esa qurilishlar, obektlar qulagani va binolarning chayqalayotgani haqida xabar berdi. Hududda yuz bergan zilzila tufayli ehtiyot choralarini ko‘rish va zarur joylarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.







