27-martdan Toshkentda bir ko‘chada harakat cheklanadi
“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi infratuzilma yangilanishi sabab bir oyga yopiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi infratuzilmani takomillashtirish doirasida vaqtincha yopiladi. Toshkent shahar hokimligi xabar berishicha, ushbu ko‘cha 7/24 ishlaydigan hududga aylantiriladi.
Qurilish-taʼmirlash ishlari tufayli joriy yilning 27 mart soat 07:00 dan 30 aprelgacha “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shastri ko‘chasidan Yaxyo G‘ulomov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtoulovlar harakati uchun yopiladi.
Mazkur o‘zgarish shaharsozlik normalariga mos, yo‘lovchilar va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.







